Yo'riqnoma
Dars jadvali va Mening fanlarim
Dars jadvali va mening fanlarim bo'yicha qisqa yo'riqnoma.
Video qo'llanma
2.1. Bosh sahifa ma’lumotlari
Tizimning bosh sahifasi o‘qituvchi profilidagi barcha ma’lumotlar monitoringi namoyon bo‘ladigan qism bo‘lib, akademik yil va semestr tanlash (1), talabalar, fanlar, davomat (2), o‘zlashtirish statistikasi (3) va yaqin muddatlar (4) qismlardan iborat.
1. Akademik yil va semestrni almashtirish filtri. Kerakli semestr tanlansa, dashboarddagi barcha ma’lumotlar o‘sha davrga moslab yangilanadi.
2. O‘qituvchi talabalar soni, guruhlar, fanlar, davomat monitoringi, haftalik darslar, yaqin imtihon ma’lumot berib turadi.
3. O‘zlashtirish statistikasi: oylar kesimida. O‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini foizlarda dinamik grafik ko‘rinishida aks ettiradi.
4. Yaqin imtihon va vazifalar topshirish muddatlari haqidagi ma’lumotlar namoyon bo‘ladi.
2.2.Dars jadvali menyusi
1. Fan turlarini ranglar orqali ajratish. Fan mashg‘ulotlari turi vizual qulaylik yaratish maqsadida turli ranglarda ko‘rsatiladi. Bu rangli belgilashlar o‘qituvchiga mashg‘ulot turini tez va oson aniqlash imkonini beradi. Dars jadvali oynasi o‘qituvchining barcha fanlari bo‘yicha mashg‘ulotlarini yagona interfeysda ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan.
2. Jadvalda ko‘rsatiladigan umumiy ma’lumotlar;
3. Jadvalni kun, hafta yoki to‘liq bir oy ko‘rinishiga o‘tkazish;
4. Yuqorida hafta aktiv bo‘lganligi sababli joriy hafta qaysi sanada boshlanmishi va tugashi aks etadi;
5. Joriy kunnni faol qilib ko‘rsatish. Jadvalda ham joriy boshqa rang bilan ajralib turadi;
6. Semestr davomidagi muddatlarni ko‘rish uchun orqaga va oldinga o‘tkazish tugmalari;
7. Kunlik dars mashg‘uloti vaqtlari;
8. Kunlik fan nomi; vaqti, yo‘nalish va guruh aks etib turadi.
Izoh: Ushbu bo‘lim orqali o‘qituvchi o‘ziga biriktirilgan barcha fanlar, guruhlar, bino va auditoriya, dars vaqti kesimida darslarini qulay tarzda kuzatishi mumkin.
2.3. Mening fanlarim menyusi
Mazkur modul orqali professor-o‘qituvchilar o‘z fanlarini to‘liq nazorat qiladilar.
Ushbu oyna quyidagi qismlardan tashkil topgan:
1. Fanlarni o‘quv yili va semestrlar bo‘yicha filtrlash.
2. Oynaning markaziy qismida fan kartochkalari joylashgan. Ularda fan haqidagi quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
-Fanning nomi
-Guruh identifikatori (ID). U tizim tomonidan ushbu kartochkani aniqlash (identifikatsiya qilish) uchun ishlatiladi.
-Potok. Ushbu fanga biriktirilgan akademik guruh. Agar guruhlar soni bittadan ko‘p bo‘lsa (akademik potok), barcha guruhlar ko‘rsatiladi. Agar ushbu fan tanlov fani bo‘lib, unda har xil guruh talabalari tahsil olayotgan bo‘lsa, guruh maydoni bo‘sh qoladi.
-Fanga ajratilgan kredit miqdori.
-Fan kodi.
3. Fan mashg‘ulotlari turi vizual qulaylik yaratish maqsadida turli ranglarda ko‘rsatiladi. Maruza, amaliyot, seminar, laboratoriya dars turlari alohida rang bilan belgilanadi.
2.3.1. Fanning ichki boshqaruv oynasi
Biror fan tanlanganda fanning ichki oynasi ochiladi. Bu oyna quyidagi tarkibiy qismlardan iborat:
1. Chapga yo‘nalish strelkasi foydalanuvchiga “Mening fanlarim” asosiy oynasiga qaytish imkonini beradi.
2. Fan nomi, fan va unga biriktirilgan guruh, mashg‘ulot turi, o‘quv yili va semestr haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
3. Mashg‘ulot mavzularini taqvim rejaga muvofiq yaratish tugmasi.
4. Oynadagi “Qo‘shish” tugmasi fan uchun kontent qo‘sish imkonini beradi. uning soatlari, mavzulari, o‘tiladigan guruhlar, sana va vaqt, PDF fayl ko‘rinishida rejani yuklab olish va qayta tiklash tugmalari mavjud.
Kalendar yaratish
Agar reja yaratilmagan bo‘lsa uni yaratishning 2 usuli mavjud. O‘qituvchi “Bo‘sh taqvim rejani yaratish” buyrug‘ini tanlab “Qo‘llash” tugmasini bosadi. Shundan so‘ng semestr haftasiga mos mavzular maydoni hosil bo‘ladi.
Har bir mavzu dars jadvaliga integratsiya qilingan holda yaratilgani sabab mavzu nomi ostida mashg‘ulot turi, vaqti va statusi ko‘rinib turadi. Oynaning o‘ng qismida 2 ta tugma mavjud:
1.
Mavzuni tahrirlash
Tugma bosilgach yuqoridagi oyna ochiladi. Markazdagi maydonga mavzu kiritib, “Saqlash” tugmasi, ba’zi hollarda “Bekor qilish” imkoniyati ham mavjud.
2. Resurslar . Tizimning bu qismi o‘qituvchi uchun juda muhim hisoblanib, taqvimiy rejadagi har bir mavzu uchun turli material va vazifalar biriktirish imkonini beradi.
3.
Davomat . Talabalar davomati nazorati va monitoringini olib boruvchi modul. Talaba darsda ishtiroki belgilanadi va saqlab boriladi.
Taqvim-reja mavzulari uchun resurslar biriktirish
Resurslar tugmasi orqali fanning sillabusi, umumiy adabiyotlar ro‘yxati yoki nazorat savollarini yuklash mumkin. Materiallar fayl, havola, video, matn, rasm turlarda qabul qiladi.
Mavzu uchun fayl biriktirish
Tizimda har bir mavzu uchun kontent alohida yaratiladi. Mashg‘ulotga fayl biriktirish uchun o‘ng tomondagi “Qo‘shish” tugmasi bosiladi.
Mavzu uchun biror resurs yaratilsa oyna markazidagi maydonda namoyon bo‘ladi;
Mavzu uchun yaratilgan faylni shu maydonning o‘zida yuklash, tahrirlash va o‘chirish imkoniyati mavjud
Fayl biriktirish oynasining ichki qismi yuqoridagi ko‘rinishga ega:
1. Fayl sarlavhasi yoziladi;
2. Faylga tavsif beriladi;
3. Fayl yuklanadi;
4. Talabalarga ko‘rsatilishi yoki yashirilishi uchun belgi qo‘yiladi;
5. Kamchiliklar bo‘lsa bekor qilish (5) aks holda qo‘shish (6) tugmasi bosiladi.
Mavzuga oid ma’ruza matnlari, taqdimotlar (PPTX), elektron kitoblar yoki uslubiy qo‘llanmalarni (PDF, Word, Excel va boshqalar) tizimga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuklash uchun xizmat qiladi.
Mavzu uchun video biriktirish
1. Tizimda har bir mavzu uchun zarur video kontent alohida yaratiladi. Dars mavzusiga video biriktirish uchun o‘ng tomondagi “Qo‘shish” tugmasi bosiladi.
Video qo‘shish buyrug‘ining ichki oynasi quyidagicha tuzilishga ega
1. Video fayl sarlavhasi yoziladi;
2. Video faylga tavsif beriladi;
3. Video fayl yuklanadi;
4. Talabalarga ko‘rsatilishi yoki yashirilishi uchun belgi qo‘yiladi;
5. Kamchiliklar bo‘lmasa qo‘shish (5) aks holda bekor qilish (6) tugmasi bosiladi.
Mavzuga doir video darsliklar, YouTube yoki boshqa platformalardagi video materiallar havolasini yoki video faylning o‘zini tizimga biriktirish uchun maydonlar to‘ldiriladi.
Tizim biriktirilgan video materiallar resurslar bo‘limining o‘zidan ijro etilishi, tahrirlanishi va o‘chirib tashlash imkonini beradi.
Mavzu uchun matn biriktirish
1. Tizimda har bir mavzu uchun zarur matnli kontent alohida yaratiladi. Dars mavzusiga matn biriktirish uchun o‘ng tomondagi “Qo‘shish” tugmasi bosiladi.
Ochilgan oynadan tanlab, qo‘shish tugmasi bosiladi va jarayon davom etadi. Keyingi qadamda quyidagi maydonlarni to‘ldirish zarur.
1. Matn sarlavhasi yoziladi;
2. Matnga tavsif beriladi;
3. Talabalarga ko‘rsatilishi yoki yashirilishi uchun belgi qo‘yiladi;
4. Kamchiliklar bo‘lmasa qo‘shish (4) aks holda bekor qilish (5) tugmasi bosiladi.
Mavzu uchun havola biriktirish
Tizimda har bir mavzu uchun alohida kontent alohida yaratishni talab qiladi. Dars mashg‘ulotga havola biriktirish uchun o‘ng tomondagi “Qo‘shish” tugmasi bosiladi.
Dars mavzusi uchun havola biriktirish oynasi quyidagi qismlardan iborat:
1. Havola sarlavhasi yoziladi;
2. Havolaning URL manzili (linki) yoziladi;
3. Havolaga tavsif beriladi;
4. Talabalarga ko‘rsatilishi yoki yashirilishi uchun belgi qo‘yiladi;
5. Kamchiliklar bo‘lmasa qo‘shish (6) aks holda bekor qilish (5) tugmasi bosiladi.
Barcha maydonlar to‘ldririb “Qo‘shish tugmasi bosilgach” mavzu uchun yaratilgan havola maydon markazida quyidagicha namoyon bo‘ladi:
Yuqoridagi tugmalar havolani ochish, tahrirlash va o‘chirish vazidalarini bajaradi.
Mavzu uchun vazifa biriktirish
Tizimning bu qismi o‘qituvchi uchun juda muhim hisoblanib, taqvimiy rejadagi har bir mavu uchun turli material va vazifalar biriktirish imkonini beradi.
Buning uchun yuqoridagi oynaning mavzu kiritilgan qismining to‘g‘risidagi resurslar tugmasi bosiladi.
Rusurslar oynasidagi ro‘yxatdan “Vazifalar” tanlanb, “Qo‘shish” tugmasi bosiladi va jarayon davom etadi.
Ochilgan oynadagi maydonlar talabalar bajarishi majburiy bo‘lgan mustaqil ishlar, keyslar yoki amaliy topshiriqlarni yaratish va ularga yuborish imkonini beradi. Bu yerda topshiriq sharti yuklanadi va talabalar o‘z javoblarini fayl ko‘rinishida qayta yuklashlari uchun muddat (deadline) belgilanadi.
1. Topshiriq muddati. Bu maydonda ogohlantirish berilgan, ya’ni topshiriqni talaba yuklashi uchun kamida 7 kun vaqt berilishi talab qilinadi.
2. Topshiriq nomi. Vazifaga nom berish maydoni.
3. Topshirish muddati: vazifa topshirishning oxirgi sanasi kiritiladi.
4. Tavsif: o‘qituvchi vazifa bajarish bo‘yicha izoh qoldirishi mumkin.
5. Topshiriq uchun belgilangan maksimal ball kiritish maydoni.
6. Baholash mezonini kiritish maydoni.
7. Baholash mezoni maydonlariga kiritilgan ballar yig‘indisini hisoblovchi maydon;
8. Kiritilgan baholash mezoni uchun ajratilgan ballni kiritish maydoni.
9. tugmadan baholash mezoni qo‘shishda foydalaniladi. Bir topshiriqda bir nechta mezon kiritish mumkin. Faqat ularga alohida ball beriladi. Ushbu ballar yig‘indisi maksiml ballga ya’ni oraliq nazorat uchun ajratilgan ballga teng bo‘lishi zarur.
10. Talabalarga mavzuni bajarish talablari yoziladi.
11. Qo‘shimcha ma’lumotlar yoziladi.
12. Bajarish bo‘yicha namuna fayl biriktirish maydoni.
13. Talabalar uchun vazifani ko‘rinish yoki yashirin holatda bo‘lishini ta’minlovchi tugma. Bu tugmaning qulayligi shundaki, o‘qituvchi bo‘sh vaqtida vazifalarni tayyorlaydi va oraliq nazorat muddati yaqinlashganda tayyor vazifaga belgi qo‘yib qo‘yadi holos.
14. Kamchilik yoki xatolik bo‘lganida “Bekor qilish” tugmasi tanlanadi.
15. Maydonlar to‘ldirilgach “Qo‘shish” tugmasi bosiladi va yaratilgan vazifa oynada aks etadi.
Vazifa asosan Oraliq nazorat uchun beriladi. Yuborilgan vazifa talabalarga “Bildirishnoma” orqali yetkaziladi.
Vazifa yaratilganidan so‘ng “Mening fanlarim” à “Fan”à tugmasi bosiladi.
Vazifa yuklangandan so‘ng talaba ro‘yxati satrida ustun shaklida katakchalar paydo bo‘ladi.
Talabadan vazifaga javob kelganda katakcha rangi to‘q rangga o‘zgaradi. Baho qo‘yish uchun katakcha ustiga bosiladi.
Natijada quyidagi oyna ochiladi:
Algebradan 1-vazifa
Yuqoridagi oyna quyidagi qismlardan iborat:
Baholash:
Vazifa topshirishning oxirgi muddat;
Talaba yuborgan muddat;
Maksimal ball;
Biriktirilgan fayl nomi;
Baholash mezoni: talaba olgan ball va vazifa uchun belgilangan maksimal ball;
Izoh: talaba nima sababli bu ballni olganini o‘qituvchi izohlaydi.
Bekor qilish (agar biror xatolik yuzaga kelsa);
Saqlash (barcha maydonlar to‘ldirilgandan so‘ng saqlanadi).
Mavzu uchun testlar biriktirish
Tizimda test moduli talabalar bilimini butun semestr bo‘yicha nazorat qilish uchun zarur qism hisoblanadi. Test o‘tkazish sanasi test yaratish jarayonida belgilanganligi sababli biror mavzuni tanlash ahamiyatga ega emas va bu yerda joriy nazorat testining vaqti va xossalari belgilanadi, o‘qituvchi profilidagi “Savollar to‘plami” modulida testlar bazasi yaratish talab qilinadi. Tizimda test yaratish uchun o‘ng tomondagi “Qo‘shish” tugmasi bosiladi.
Tizim 2 turdagi standart va shablon asosida yaratish imkonini beradi.
Standart turdagi test yaratish oynasi. Standart turdagi test savollari talabalarga tizim tomonidan taqdim etiladi.
Stardart turdagi testni yaratish uchun:
1. Boshlanish vaqti;
2. Tugallanish vaqti;
3. Vaqt chegarasi;
4. Test turi;
5. Savollar soni;
6. Maksimal ball;
7. 1 ta savol uchun ajratilgan ball
8. Tayyor testni talabaga ko‘rsatish yoki yashirish;
9. Test natijasini talabaga ko‘rsatish yoki yashirish;
10. Testni bekor qilish amali;
11. Testni qo‘shish amali.
Shablon turidagi test yaratish uchun:
1. Test boshlanish vaqti;
2. Test tugallanish vaqti;
3. Vaqt chegarasi;
4. Mavjud testdan nusxa olish (agar avval yaratilgan test mavjud bo‘lsa vaqt tejash maqsadida nusxalab olish mumkin).
5. Test turi;
6. Savollar darajasi;
7. Savollar bloki (testni aniq bir mavzudan yoki fanning biror bo‘limidan tushishini belgilash uchun qo‘llaniladi);
8. Savol uchun ball belgilash;
9. Savolni o‘chirish;
10. Yangi savol qatorini qo‘shish
11. Tayyor testni talabaga ko‘rsatish yoki yashirish;
12. Test natijasini talabaga ko‘rsatish yoki yashirish;
13. Testni bekor qilish amali;
14. Testni qo‘shish amali.
Mavzu uchun uchrashuvlar (videokonferensiya) biriktirish
Uchrashuvlar resursi tizimda masofaviy onlayn darslar tashkil etish qo‘l keladi. Onlayn darsni boshlash uchun ixtiyoriy mavzuni à “resurslar”à “Uchrashuvlar”à“Qo‘shish” tugmasi bosiladi.
Uchrashuv belgilash oynasi quyidagi qismlardan iborat:
1. Uchrashuv yoki mavzu nomini kiritish maydoni;
2. Uchrashuv sanasi va vaqtini belgilash maydoni;
3. Uchrashuv yoki mavzu uchun tavsif yozish maydoni;
4. Uchrashuvni bekor qilish amali;
5. Uchrashuvni qo‘shish amali.