Talaba profili
Yo'riqnomani yuklab olish
UZ RU EN
Rollar hali qo'shilmagan
Menyuni almashtirish

Yo'riqnoma

Talaba profili

Talaba profili yo'riqnomasi

Ochiq

Video qo'llanma

 LMS NPUU TIZMI “TALABA” YO‘RIQNOMASI

 LMS.NPUU.UZ LMS TIZIMINING TALABA PROFIL YO‘RIQNOMASI

 

Tizimdan foydalanish uchun lms.npuu.uz havolasiga o‘tish kerak. Tizimga kirish uchun dastlab ochilgan sahifadagi tegishli maydonlarga sizga berilgan login va parolni (HEMIS ID bu login, HEMIS IDning oxirgi oltita raqami bu parol) kiritish hamda “Kirish” (Войти) tugmasini bosish lozim

Agar foydalanuvchi parol va loginni untgan bo‘lsa tugmasiga bosib qayta tiklash mumkin. Bundan tashqari shu oynaning o‘zidan tizimda ishlash uchun qulay tilni tanlash mumkin.

Kirish oynasining asosiy vazifalari

-         Foydalanuvchini login va parol orqali xavfsiz autentifikatsiya qilish.

-         Platforma haqidagi umumiy ma’lumotlarni taqdim etish.

-         Tizimning ishonchliligi va rasmiyligini namoyish etish.

-         Ko‘p tilli interfeys orqali foydalanish qulayligini ta’minlash.

-         Parolni tiklash va foydalanuvchi hisobini boshqarish imkoniyatlarini yaratish.

-         Zamonaviy va intuitiv dizayn orqali foydalanuvchining tizimga tez, oson va samarali kirishini ta’minlash.

Mazkur kirish oynasi LMS tizimining birinchi aloqa nuqtasi bo‘lib, foydalanuvchilarni xavfsiz autentifikatsiya qilish, platformaning imkoniyatlari bilan tanishtirish hamda ta’lim jarayoniga tezkor kirishni ta’minlash vazifalarini bajaradi.

 

 

 

 

 

TALABA PROFILINING “BOSH SAHIFASI”

LMS (Learning Management System) tizimining Bosh sahifasi (Dashboard) foydalanuvchi tizimga muvaffaqiyatli kirganidan so‘ng ochiladigan asosiy ish oynasi hisoblanadi. Dashboard foydalanuvchiga o‘quv jarayoni, akademik natijalar, topshiriqlar, davomat va boshqa muhim ma'lumotlarni yagona oynada ko‘rish imkoniyatini beradi. Ushbu sahifa zamonaviy UI/UX tamoyillari asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, foydalanuvchining kerakli ma’lumotlarga tezkor va qulay kirishini ta’minlaydi. 

YON NAVIGATSIYA PANELI (SIDEBAR)

Sahifaning chap qismida joylashgan navigatsiya paneli foydalanuvchining tizimning barcha modullariga tezkor o‘tishini ta’minlaydi. Mazkur panel quyidagi bo‘limlardan tashkil topgan:

1.       Bosh sahifa – foydalanuvchining umumiy statistikasi va faoliyat ko‘rsatkichlari.

2.       Tanlov fanlari – tanlov fanlarini ko‘rish va ularga ro‘yxatdan o‘tish.

3.       Mening fanlarim – foydalanuvchi o‘qiyotgan fanlar ro‘yxati.

4.       Dars jadvali – haftalik yoki semestrlik darslar jadvali.

5.       Qarzlar – akademik qarzdorliklar haqida ma’lumot.

6.       Yakuniy – yakuniy nazorat va imtihonlar bo‘yicha ma’lumotlar.

7.       Individual shaxsiy reja – shaxsiy o‘quv rejasini ko‘rish.

8.       Ma'lumot – foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlari.

9.       Talaba xizmatlari – universitetning elektron xizmatlaridan foydalanish.

10.   Qayta o‘qish – fanlarni qayta o‘qish bo‘yicha murojaatlar.

11.   Auditoriya fondi – auditoriyalar va o‘quv xonalari haqidagi ma’lumotlar.

 

2.    YUQORI BOSHQARUV PANELI

Sahifaning yuqori o‘ng qismida foydalanuvchi uchun qo‘shimcha boshqaruv elementlari joylashgan: LMS tizimi yordam telegram botiga murojaat.

Texnik yordam.

So‘rovnomalar;

Tizim bildirishnomalari;

Tilni almashtirish (o‘zbek, rus va boshqalar);

Interfeysni (Light/Dark Mode) o‘zgartirish;

foydalanuvchi profili va shaxsiy kabinetga kirish.

Foydalanuvchi profili tugmasi bosilgach quyidagi menyu ochiladi.


 

PROFIL SOZLAMALARI


 

Bu oyna profil parolini va tizim tilini belgilash imkonini beradi. Profildan chiqishni (log out) ta’minlaydi.

 

3. FOYDALANUVCHI PANELI

Dashboardning yuqori qismida foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlari aks ettiriladi. Unda talabaning ism-familiyasi, shaxsiy statistikasi hamda tanlangan o‘quv semestri ko‘rsatiladi. Ushbu panel foydalanuvchining ayni paytdagi o‘quv davri bo‘yicha ma'lumotlarni boshqarish imkonini beradi.

4. ASOSIY KO‘RSATKICHLAR (KPI KARTALARI)

Dashboard markaziy qismida foydalanuvchining o‘quv faoliyatini tavsiflovchi asosiy statistik ko‘rsatkichlar kartalar ko‘rinishida taqdim etiladi:

1.     O‘rtacha baho (GPA) – talabaning joriy akademik ko‘rsatkichi.

2.     Davomat – darslarga qatnashish foizi.

3.     Vazifalar – bajarilgan va umumiy topshiriqlar soni.

4.     Semestr tugashiga qolgan vaqt – semestr yakunigacha qolgan kunlar soni.

Mazkur kartalar foydalanuvchiga o‘z akademik holatini tezkor baholash imkonini yaratadi.

 

5. FANLAR BO‘YICHA O‘ZLASHTIRISH

Ushbu bo‘limda har bir fan bo‘yicha o‘zlashtirish darajasi progress indikatorlari yordamida ko‘rsatiladi. Natijalar foizlarda aks ettirilib, foydalanuvchiga qaysi fanlarda yuqori yoki past natijaga ega ekanligini tez aniqlash imkonini beradi.

6.      OYLIK DAVOMAT STATISTIKASI

Grafik ko‘rinishida taqdim etilgan ushbu modul foydalanuvchining oylar kesimida darslarga qatnashish holatini aks ettiradi. Statistik grafik davomat dinamikasini tahlil qilish va muntazam qatnashishni nazorat qilishga yordam beradi.

 7.    SO‘NGGI FAOLIYATLAR

Mazkur bo‘lim foydalanuvchi tomonidan bajarilgan oxirgi amallarni ko‘rsatadi. Jumladan:

-         topshirilgan vazifalar;

-         tizimdagi oxirgi faollik;

-         yangi bajarilgan ishlar.

Bu modul foydalanuvchiga o‘z faoliyati tarixini kuzatish imkonini beradi.

 8.    YAQINLASHIB KELAYOTGAN MUDDATLAR

Ushbu modul yaqin kunlarda bajarilishi lozim bo‘lgan topshiriqlar, nazorat ishlari, imtihonlar va boshqa muhim muddatlarni ko‘rsatadi. Agar belgilangan vazifalar mavjud bo‘lmasa, tegishli xabar aks ettiriladi.

DASHBOARD SAHIFASINING ASOSIY VAZIFALARI

-       Talabaning akademik faoliyati bo‘yicha umumiy ma’lumotlarni yagona oynada taqdim etish.

-       Fanlar bo‘yicha o‘zlashtirish darajasini real vaqt rejimida monitoring qilish.

-       Davomat va akademik ko‘rsatkichlarni vizual tahlil qilish imkoniyatini yaratish.

-       Topshiriqlar va muhim muddatlarni nazorat qilish.

-       Tizim modullariga tezkor va qulay navigatsiyani ta’minlash.

-       Foydalanuvchining shaxsiy kabineti orqali o‘quv jarayonini samarali boshqarish.

 

 

2. TANLOV FANLARI

Tanlov fanlari moduli talabalarga o‘quv rejasida belgilangan tanlov fanlarini ko‘rish, ulardan o‘z qiziqishi va mutaxassisligi yo‘nalishiga mos fanlarni tanlash hamda tanlov jarayonini boshqarish imkoniyatini beruvchi modul hisoblanadi. Ushbu modul talabaning individual ta’lim trayektoriyasini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Mazkur oynada tanlov fanlarini tanlash jarayonining joriy holati aks ettiriladi. Rasmda ko‘rinib turibdiki, markaziy qismda yashil rangdagi axborot oynasi orqali “Tanlov yakunlandi” degan xabar chiqarilgan. Bu holat tanlov fanlarini tanlash muddati tugaganini yoki talaba tomonidan fanlarni tanlash jarayoni muvaffaqiyatli yakunlanganini bildiradi. Natijada talaba ushbu bosqichda yangi fan tanlay olmaydi va tanlangan fanlar tizimda saqlanadi.

 

Modulning asosiy tarkibiy qismlari

1. Modul sarlavhasi

Sahifaning yuqori qismida “Tanlov fanlari” nomi joylashtirilgan bo‘lib, foydalanuvchining aynan qaysi modulda ishlayotganini bildiradi.

2. Tanlov holati

Sahifaning markaziy qismida tanlov jarayonining holati aks ettiriladi. Rasmda “Tanlov yakunlandi” xabari ko‘rsatilgan bo‘lib, bu quyidagilarni anglatadi:

-         tanlov fanlarini tanlash muddati tugagan;

-         talabaning tanlovi tizim tomonidan qabul qilingan;

-         tanlangan fanlar o‘quv rejasiga biriktirilgan;

-         ushbu bosqichda fanlarni o‘zgartirish imkoniyati mavjud emas (agar universitet tomonidan qayta tanlov ochilmasa).

3. Axborot oynasi

Yashil rangdagi axborot paneli foydalanuvchiga tanlov jarayonining muvaffaqiyatli yakunlanganligi haqida vizual xabar beradi. Ranglardan foydalanish foydalanuvchiga tizim holatini tez anglash imkonini yaratadi.

Modulning asosiy vazifalari

-         Talabaga tanlov fanlari ro‘yxatini taqdim etish.

-         Fanlarni tanlash va tasdiqlash imkoniyatini yaratish.

-         Tanlov jarayonining joriy holatini ko‘rsatish.

-         Tanlov muddati yakunlanganda foydalanuvchini xabardor qilish.

-         Tanlangan fanlarni individual o‘quv rejasiga biriktirish.

-         Tanlov jarayonining shaffofligi va nazoratini ta'minlash.

 

 

3.    MENING FANLARIM

Mening fanlarim moduli talabaning joriy semestr davomida o‘qiyotgan barcha fanlari, ularning kredit miqdori, o‘qituvchilari, davomat ko‘rsatkichlari hamda o‘zlashtirish natijalari haqida batafsil ma’lumot beruvchi asosiy modullardan biridir. Ushbu modul talabaning akademik faoliyatini monitoring qilish va o‘quv jarayonini samarali boshqarish imkonini yaratadi.

Talaba semestr tanlaganda, masalan, 2025–2026 o‘quv yilining ikkinchi semestri uchun tanlangan fanlari kartochkalar (cards) ko‘rinishida aks ettirilgan. Har bir fanning akademik ma’lumotlari alohida bloklarda taqdim etilgan bo‘lib, foydalanuvchi ularni qulay tarzda kuzatishi mumkin.

Modulning asosiy tarkibiy qismlari

1. Modul sarlavhasi

Sahifaning yuqori qismida "Mening fanlarim" nomi joylashgan bo‘lib, foydalanuvchining ayni vaqtda o‘qiyotgan fanlari va ularning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari bilan ishlayotganligini bildiradi.

2. Semestrni tanlash

Sarlavha ostida o‘quv yili va semestrni tanlash maydoni joylashgan. Talaba ushbu menyu orqali kerakli o‘quv yili yoki semestrni tanlab, aynan shu davrga tegishli fanlar ro‘yxatini ko‘rishi mumkin.

3. Fanlarni qidirish

Modulda fan qidirish maydoni mavjud bo‘lib, foydalanuvchi fan nomini kiritish orqali kerakli fanni tez topishi mumkin. Bu imkoniyat fanlar soni ko‘p bo‘lganda ma'lumotlarni izlashni sezilarli darajada yengillashtiradi.

4. Fan kartochkalari

Har bir fan alohida kartochka ko‘rinishida taqdim etiladi. Kartochkada quyidagi ma’lumotlar aks ettiriladi:

-         fan nomi;

-         fan kodi;

-         fan uchun ajratilgan kreditlar soni;

-         fan bo‘yicha dars olib borayotgan professor-o‘qituvchilar;

-         davomat ko‘rsatkichi;

-         o‘zlashtirish foizi;

-         davomat ko‘rsatkichi;

-         o‘zlashtirish ko‘rsatkichi.

 

Modulning asosiy vazifalari

-         Talabaning joriy semestrdagi fanlari ro‘yxatini ko‘rsatish.

-         Har bir fan bo‘yicha kredit miqdorini aks ettirish.

-         Fanlarni o‘qitayotgan professor-o‘qituvchilar haqida ma’lumot berish.

-         Davomat va o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini monitoring qilish.

-         Fanlarni qidirish va semestrlar bo‘yicha saralash imkoniyatini yaratish.

-         Talabaning akademik faoliyatini yagona interfeys orqali boshqarish.

  FAN KARTOCHKASINING ICHKI TUZILISHI

Fan kartochkasi talabaning tanlangan fan bo‘yicha barcha o‘quv faoliyatini yagona sahifada jamlaydi. Ushbu sahifa talabaning o‘quv jarayonini kuzatish, topshiriqlarni bajarish va fan bo‘yicha zarur resurslardan foydalanish imkoniyatini yaratadi.


1.   Sahifaning yuqori qismida fan nomi (“Algebra-Fan”) hamda tezkor navigatsiya tugmalari  joylashgan.

2.   Fan haqidagi umumiy statistika maxsus axborot kartochkalari orqali ko‘rsatiladi. Ular quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi:

§ To‘plangan ball  – talabaning vazifalardan olgan ballari.

§ Maksimal ball– vazifa uchun belgilangan eng yuqori ball.

§ Reyting – talabaning fan bo‘yicha umumiy o‘zlashtirish foizi.

§ Joriy baho – talabaning joriy nazorat natijalari asosida shakllangan bahosi.

3.   Oynaning keyingi qismida “Umumiy kontent” bo‘limi joylashgan. Mazkur bo‘lim fan uchun kerakli barcha o‘quv materiallarini mavzular kesimida taqdim etadi. Kontent quyidagi kategoriyalarga ajratilgan:

-         Maruza – nazariy o‘quv materiallari;

-         Laboratoriya – amaliy laboratoriya ishlari;

-         Amaliyot – mashq va topshiriqlar;

-         Seminar – seminar mashg‘ulotlari va muhokama materiallari.

4.   Sahifaning keyingi qismida “Kalendar reja” bo‘limi mavjud. Ushbu bo‘lim fan bo‘yicha o‘quv jarayonining vaqt jadvalini aks ettiradi. Har bir mavzu reja asosida ketma-ket joylashtirilgan bo‘lib, unda:

-         mavzuning tartib raqami;

-         mavzu nomi;

-         mashg‘ulot sanasi;

-         mavzuga tegishli qo‘shimcha ma’lumotlar

ko‘rsatiladi. Har bir mavzuni kengaytirish orqali unga biriktirilgan dars materiallari, topshiriqlar va qo‘shimcha resurslarni ko‘rish mumkin. 

 

FAOLIYAT TUGMASINING TARKIBI

Sahifaning yuqori qismidagi tugmasi bosilganda quyidagi oyna ochiladi:

Ushbu oyna talabaning vazifalari, test va boshqa nazorat turlari, muddati, holati va olgan ball haqidagi ma’lumotlar saqlanadi. Bundan tashqari o‘ng qismidagi  tugma bajarilgan topshiriqni to‘liq ko‘rish imkonini beradi:

Oynaning tarkibiy qismlar:

1.   Sarlavha qismi: Topshiriq nomi va “Ortga” tugmasi joylashgan;

2.   Topshiriq nomi;

3.   Topshiriqni topshirish muddati;

4.   O‘qituvchi tomonidan biriktirilgan fayl;

5.   Talaba yuborgan fayl;

6.   Topshiriq uchun belgilangan maksimal ball;

7.   Topshiriq tavsifi;

8.   Topshiriq uchun belgilangan baholash mezoni.

 

Test natijasini ko‘rishtugma bosilishi bilan test natijasi oynasi namoyon bo‘ladi: 

 

4.    DARS JADVALI

Dars jadvali oynasi talabaning haftalik, kunlik va oylik mashg‘ulotlarini qulay ko‘rinishda boshqarish va kuzatish uchun mo‘ljallangan. Mazkur sahifa talabaning o‘quv rejasiga muvofiq barcha mashg‘ulotlarni vaqt kesimida aks ettirib, darslarning sanasi, vaqti va fani haqida to‘liq ma’lumot beradi.

Sahifaning yuqori qismida “Dars jadvali” sarlavhasi hamda “FaceID” tugmasi joylashgan. FaceID funksiyasi darsga qatnashishni biometrik identifikatsiya orqali tasdiqlash imkoniyatini yaratadi.

Dars jadvali uch xil ko'rinishda taqdim etiladi:

  1. Kun – tanlangan kunning mashg‘ulotlari;
  2. Hafta – bir haftalik darslar jadvali;
  3. Oy – bir oylik mashg'ulotlar rejasi.

1.   Kun bo‘yicha 2.     Hafta bo‘yicha 3.   Oy bo‘yicha

1.      Fan turlarini ranglar orqali ajratish. Fan mashg‘ulotlari turi vizual qulaylik yaratish maqsadida turli ranglarda ko‘rsatiladi. Bu rangli belgilashlar o‘qituvchiga mashg‘ulot turini tez va oson aniqlash imkonini beradi. Dars jadvali oynasi o‘qituvchining barcha fanlari bo‘yicha mashg‘ulotlarini yagona interfeysda ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan.

2.      Jadvalda ko‘rsatiladigan umumiy ma’lumotlar;

3.      Jadvalni kun, hafta yoki to‘liq bir oy ko‘rinishiga o‘tkazish;

4.      Yuqorida hafta aktiv bo‘lganligi sababli joriy hafta qaysi sanada boshlanmishi va tugashi aks etadi;

5.      Joriy kunnni faol qilib ko‘rsatish. Jadvalda ham joriy boshqa rang bilan ajralib turadi;

6.      Semestr davomidagi muddatlarni ko‘rish uchun orqaga va oldinga o‘tkazish tugmalari;

7.      Kunlik dars mashg‘uloti vaqtlari;

8.      Kunlik fan nomi; vaqti, yo‘nalish va guruh aks etib turadi.

 

Foydalanuvchi ushbu ko‘rinishlar orasida erkin almashishi mumkin. Haftalik ko‘rinish tanlanganda har bir kun alohida ustun shaklida tasvirlanadi va mashg‘ulotlar vaqt oralig‘i bo‘yicha joylashtiriladi.

Jadvalning markaziy qismida haftaning sanalari va kunlari ketma-ket ko‘rsatiladi. Har bir mashg‘ulot rangli kartochka ko‘rinishida ifodalanib, quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi:

-         fan nomi;

-         mashg‘ulotning boshlanish va tugash vaqti;

-         fan kodi;

-         auditoriya yoki mashg‘ulot o‘tkaziladigan joy.

Turli fanlarni bir-biridan oson ajratish maqsadida rangli indikatorlardan foydalanilgan. Masalan, Algebra fani qizil rangda, Matematika fani esa yashil rangda aks ettirilgan. Bu esa foydalanuvchiga jadvalni tez va qulay idrok etish imkonini beradi.

 

FACEID TUGMASINING ICHKI TUZILISHI

Face ID kirish-chiqishlar oynasi talabaning universitet hududiga kirish va chiqish jarayonlarini biometrik identifikatsiya texnologiyasi orqali nazorat qilish hamda ushbu ma’lumotlarni saqlash uchun mo‘ljallangan. Mazkur modul talabaning turniket orqali amalga oshirgan barcha kirish va chiqish holatlarini yagona interfeysda aks ettiradi.

1.   Sahifaning yuqori qismida tizimning “Turniket” bo‘limi joylashgan bo‘lib, unda talabaning profil rasmi, F.I.Sh. hamda Face ID identifikatsiya holati ko‘rsatiladi. Ushbu qism foydalanuvchini aniqlash va biometrik autentifikatsiya bilan bog‘liq ma’lumotlarni aks ettirishga xizmat qiladi.

2.   Oynaning asosiy qismida kirish va chiqishlar tarixini ko‘rsatadigan jadval mavjud. Jadval quyidagi ustunlardan tashkil topgan:

-         Sana – turniketdan o‘tilgan sana;

-         Vaqt – kirish yoki chiqish amalga oshirilgan vaqt;

-         Turi – amalga oshirilgan harakat turi (kirish yoki chiqish).

Jadvalning yuqori qismida qidiruv va filtrlash vositalari joylashtirilgan. Foydalanuvchi ma’lum bir sanani tanlash orqali aynan shu kunga tegishli yozuvlarni ko‘rishi mumkin. Bundan tashqari, Turi filtri yordamida quyidagi variantlardan biri tanlanadi:

-         Barchasi – barcha kirish va chiqish yozuvlarini ko‘rsatadi;

-         Kirish – faqat universitet hududiga kirish holatlarini aks ettiradi;

-         Chiqish – faqat universitet hududidan chiqish holatlarini ko‘rsatadi.

Agar tanlangan davr bo‘yicha hech qanday ma’lumot mavjud bo‘lmasa, tizim jadval markazida “Ma’lumot yo‘q” xabarini chiqaradi. Bu foydalanuvchiga tanlangan parametrlar bo‘yicha yozuvlar mavjud emasligini bildiradi.

Mazkur modul universitet hududiga kirish va chiqishlarni avtomatik ravishda qayd etish, davomat nazoratini yuritish hamda xavfsizlikni ta’minlashga xizmat qiladi. FaceID texnologiyasidan foydalanish inson omili ta’sirini kamaytiradi, identifikatsiya jarayonini tezlashtiradi va kirish-chiqish ma’lumotlarining ishonchliligini oshiradi. Shu bilan birga, foydalanuvchi o‘zining turniket orqali amalga oshirilgan barcha harakatlari tarixini istalgan vaqtda ko‘rish hamda zarur hollarda sana yoki harakat turi bo‘yicha filtrlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

 

5. ORALIQ NAZORAT MODULI

Bu oyna LMS (Learning Management System) ning “Oraliq imtihonlar” sahifasi hisoblanadi. Unda talabaning joriy semestrdagi oraliq imtihonlari jadvali, natijalari va apellyatsiya ma’lumotlari namoyon bo‘ladi.

1.   Sahifaning markaziy qismida “Oraliq imtihonlar” sarlavhasi hamda “Imtihonlar jadvali, natijalar va apellyatsiya” izohI joylashgan. Bu mazkur bo‘lim orqali talabalar imtihon sanalari, natijalari va zarurat tug‘ilganda apellyatsiya jarayoniga oid ma’lumotlarni kuzatishlari mumkinligini anglatadi.

2.   Asosiy jadval quyidagi ustunlardan tashkil topgan:

-         № – tartib raqami;

-         Fan – fan nomi;

-         Turi – imtihon turi;

-         Kod – fan kodi;

-         Sana – imtihon o‘tkaziladigan sana;

-         Vaqt – imtihon boshlanish vaqti;

-         Xona – imtihon o‘tkaziladigan auditoriya;

-         Holat – imtihonning joriy holati yoki natijasi;

-         Ball – talaba olgan baho yoki ball.

Rasmda jadvalning ichki qismida “Ma’lumot yo‘q” degan yozuv aks etgan. Bu tanlangan semestr uchun hali oraliq imtihonlar jadvali tizimga kiritilmaganini, e’lon qilinmaganini yoki talabaning ushbu semestr bo‘yicha imtihon ma’lumotlari mavjud emasligini bildiradi.

 

 

 

6. YAKUNIY NAZORATMODULI

Mazkur oyna talabalarga yakuniy nazorat imtihonlari bo‘yicha barcha zarur ma’lumotlarni elektron shaklda taqdim etish uchun mo‘ljallangan. Tizim orqali talabalar imtihonlar jadvali, ularning natijalari, auditoriya, vaqt hamda baholash natijalarini bir joyda kuzatish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.  

1.   Sahifaning markaziy qismida “Oraliq imtihonlar” sarlavhasi hamda “Imtihonlar jadvali, natijalar va apellyatsiya” izohI joylashgan. Bu mazkur bo‘lim orqali talabalar imtihon sanalari, natijalari va zarurat tug‘ilganda apellyatsiya jarayoniga oid ma’lumotlarni kuzatishlari mumkinligini anglatadi.

2.   Asosiy jadval quyidagi ustunlardan tashkil topgan:

-         № – tartib raqami;

-         Fan – fan nomi;

-         Turi – imtihon turi;

-         Kod – fan kodi;

-         Sana – imtihon o‘tkaziladigan sana;

-         Vaqt – imtihon boshlanish vaqti;

-         Xona – imtihon o‘tkaziladigan auditoriya;

-         Holat – imtihonning joriy holati yoki natijasi;

-         Ball – talaba olgan baho yoki ball.

 

Rasmda jadvalning ichki qismida “Ma’lumot yo‘q” degan yozuv aks etgan. Bu tanlangan semestr uchun hali oraliq imtihonlar jadvali tizimga kiritilmaganini, e’lon qilinmaganini yoki talabaning ushbu semestr bo‘yicha imtihon ma’lumotlari mavjud emasligini bildiradi.

 

Modulning umumiy vazifasi

Mazkur oyna LMS tizimining muhim funksional bo‘limlaridan biri bo‘lib, talabalarga yakuniy nazorat jarayonlarini elektron tarzda boshqarish imkonini beradi. Ushbu modul orqali talaba yakuniy imtihonlar jadvali, fanlar ro‘yxati, imtihon sanasi va vaqti, auditoriya, imtihon holati hamda yakuniy baholarni bir joyda ko‘rishi mumkin. Shuningdek, natijalar e’lon qilingandan so‘ng ular bilan tanishish va zarurat tug‘ilganda apellyatsiya jarayonida ishtirok etish imkoniyati ham yaratilgan. Bunday elektron boshqaruv o‘quv jarayonining shaffofligi, qulayligi va tezkorligini ta’minlaydi.

 

 

 

 

7. INDIVIDUAL SHAXSIY REJA

LMS (Learning Management System) tizimining “Individual shaxsiy reja” sahifasi moduli talabaning o‘quv rejasini elektron shaklda yuritish, o‘rganiladigan fanlar ro‘yxatini, ularning kredit hajmini, o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini hamda baholarini kuzatish imkoniyatini yaratadi. Ushbu modul talabaning semestr davomida o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan fanlarni tizimli ravishda aks ettirib, akademik faoliyatni nazorat qilishga xizmat qiladi.

 

1.   Sahifaning sarlavha qismida “Talaba” belgisi va “O‘quv reja” sarlavhasi joylashgan. Bu bo‘lim talabaning individual o‘quv rejasini aks ettirish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda semestr davomida o‘tiladigan fanlar va ular bo‘yicha akademik ko‘rsatkichlar jamlangan.

Sarlavhaning o‘ng tomonida GPA (Grade Point Average) ko‘rsatkichi joylashtirilgan. GPA talabaning umumiy akademik o‘zlashtirish darajasini ifodalaydi.

2.   Asosiy qismda II-semestr yorlig‘i ostida ushbu semestr uchun belgilangan fanlar ro‘yxati jadval ko‘rinishida berilgan. Jadval quyidagi ustunlardan tashkil topgan:

-         Fan – talaba o‘rganadigan fan nomi;

-         Kredit – fan uchun ajratilgan kredit miqdori;

-         Prerekvizit – mazkur fanni o‘zlashtirishdan oldin o‘tilishi zarur bo‘lgan fan;

-         % – fan bo‘yicha o‘zlashtirish foizi;

-         Baho – yakuniy baholash natijasi.

Jadvalning yuqori o‘ng  qismida joylashgan  “Yashirish”  tugmasi orqali foydalanuvchi semestr ma’lumotlarini yig‘ish yoki qayta ochish imkoniyatiga ega. Bu funksiya interfeysdan qulay foydalanishni ta’minlaydi.

“Individual shaxsiy reja” oynasi talabaning akademik faoliyatini boshqarishning muhim elementi hisoblanadi. Mazkur modul orqali o‘quv rejasidagi fanlar, kreditlar, prerekvizitlar, o‘zlashtirish foizlari, baholar hamda umumiy akademik ko‘rsatkichlar bir joyda jamlanadi. Bu esa talaba, o‘qituvchi va universitet ma’muriyatiga o‘quv jarayonini samarali nazorat qilish, akademik natijalarni tahlil qilish va keyingi semestrlardagi ta’lim faoliyatini rejalashtirish imkonini beradi.

 

 

 

 

 

 

 

8. MA’LUMOT MODULI

LMS (Learning Management System) tizimining “Ma’lumot” moduli talabaning shaxsiy va akademik ma’lumotlarini yagona sahifada jamlab taqdim etuvchi asosiy bo‘lim hisoblanadi. Ushbu modul orqali talaba o‘zining shaxsiga, ta’lim yo‘nalishiga hamda o‘quv jarayoniga oid muhim ma’lumotlarni ko‘rishi va zarur hollarda ularni yangilashi mumkin. Modul foydalanuvchini identifikatsiya qilish, ma’lumotlarni nazorat qilish va ta’lim jarayonini samarali boshqarishda muhim ahamiyat kasb etadi.

1.   Modulning yuqori qismida talabaning profil ma’lumotlari aks ettiriladi. Unda talabaning fotosurati, familiyasi, ismi va otasining ismi ko‘rsatiladi. Profil qismida, shuningdek, foydalanuvchiga ma’lumotlarni tahrirlash yoki qo‘shimcha hujjatlarni yuklash imkonini beruvchi boshqaruv tugmalari joylashtirilgan. Bu esa foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini mustaqil ravishda boshqarishiga xizmat qiladi.

Ma’lumotnoma  tugmasining ichki qismi quyidagi tuzilishga ega. “

Oynaning o‘ng qismidagi “Ariza berish” tugmasi talabaga online ariza yuborish imkonini beradi.  

2.   Modulning asosiy qismida talabaning shaxsiy ma’lumotlari batafsil keltiriladi. Jumladan:

  1. tug‘ilgan sanasi;
  2. jinsi;
  3. talaba (identifikatsiya) raqami;
  4. doimiy yashash manzili;
  5. vaqtinchalik yashash manzili;
  6. telefon raqami;
  7. elektron pochta (e-mail) manzili.

Mazkur ma’lumotlar talabaning shaxsini tasdiqlash, universitet bilan aloqa o‘rnatish hamda rasmiy hujjatlarni yuritish uchun xizmat qiladi.

Shuningdek, modulda ta’lim faoliyatiga oid akademik ma’lumotlar ham aks ettiriladi. Ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  1. ta’lim tili;
  2. ta’lim bosqichi (bakalavr yoki magistratura);
  3. ta’lim shakli (kunduzgi, sirtqi, kechki va boshqalar);
  4. kurs;
  5. akademik guruhi;
  6. mutaxassislik yoki ta’lim yo‘nalishi;
  7. tyutor (akademik maslahatchi);
  8. stipendiya holati;
  9. kontrakt summasi yoki to‘lov holati;
  10. talabaning umumiy o‘zlashtirish ko‘rsatkichi.

Ushbu ma’lumotlar talabaning o‘quv jarayonidagi joriy holatini aks ettirib, universitet ma’muriyati hamda talabaning o‘zi uchun muhim axborot manbai hisoblanadi.

Modulning yana bir muhim vazifasi — ma’lumotlarni yangilash va nazorat qilishdir. Agar talabaning telefon raqami, elektron pochta manzili yoki yashash manzili o‘zgarsa, u tegishli ruxsat doirasida ushbu ma’lumotlarni yangilashi mumkin. Ayrim ma’lumotlar esa faqat universitetning mas’ul xodimlari tomonidan tahrirlanadi. Bu ma’lumotlarning ishonchliligi va xavfsizligini ta’minlaydi.

9. TALABA XIZMATLARI

Talaba xizmatlari bo'limi talabalarga universitet tomonidan taqdim etiladigan elektron xizmatlardan masofadan turib foydalanish imkoniyatini yaratadi. Ushbu modul orqali talaba turli ma’muriy xizmatlar uchun ariza yuborishi, arizalar holatini kuzatishi hamda zarur hujjatlarni elektron shaklda rasmiylashtirishi mumkin. Bu esa ortiqcha qog‘ozbozlikni kamaytirib, murojaatlarni ko'rib chiqish jarayonini tezlashtiradi.

“Talaba xizmati” modulining tarkibida “Ma’lumotnoma” menyusi mavjud va u quyidagi tuzilishga ega.

Ma’lumotnoma uchun ariza berish xizmati talabaning turli maqsadlarda zarur bo‘ladigan rasmiy ma’lumotnomalarni elektron tarzda olish uchun mo‘ljallangan. Ushbu xizmat yordamida talaba universitetga shaxsan murojaat qilmasdan turib, kerakli ma’lumotnoma uchun onlayn ariza  yuboradi.

Ariza berish jarayonida talaba ma’lumotnoma turini tanlaydi, uning foydalanish maqsadini ko‘rsatadi hamda zarur bo‘lsa qo‘shimcha izoh yoki hujjatlarni ilova qiladi. Tizim kiritilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshiradi va arizani tegishli mas’ul bo‘limga yuboradi.

Ariza yuborilgandan so‘ng foydalanuvchi murojaatning joriy holatini tizim orqali kuzatishi mumkin. Ariza quyidagi holatlardan birida bo‘ladi:

Qabul qilindi – ariza tizim tomonidan ro‘yxatga olindi;

Ko‘rib chiqilmoqda – mas’ul xodim tomonidan tekshirilmoqda;

Tasdiqlandi – ma’lumotnoma tayyorlandi yoki berishga ruxsat etildi;

Rad etildi – ariza belgilangan sababga ko‘ra qanoatlantirilmadi.

Ma’lumotnoma tayyor bo‘lgandan so‘ng foydalanuvchiga tizim orqali xabarnoma yuboriladi. Elektron shaklda beriladigan ma’lumotnomalar yuklab olish uchun taqdim etiladi, qog‘oz shaklida beriladigan hujjatlar bo‘yicha esa ularni qayerdan va qachon olish mumkinligi haqida ma’lumot ko‘rsatiladi.

 

10. QAYTA O‘QISH MODULI

LMS (Learning Management System) tizimining “Qayta o‘qish” moduli talabaning o‘zlashtirilmagan fanlarini qayta o‘qish, ularni tanlash hamda qayta o‘qish uchun to‘lov jarayonlarini boshqarishga xizmat qiluvchi modul hisoblanadi. Mazkur modul orqali talaba akademik qarzdorligi mavjud bo‘lgan fanlarni ko‘rib chiqishi, qayta o‘qishga ro‘yxatdan o‘tishi va o‘zlashtirilgan fanlar holatini kuzatib borishi mumkin. Modul o‘quv jarayonining uzluksizligini ta’minlash va talabaning akademik qarzdorligini bartaraf etishga yordam beradi.

 

Sahifaning yuqori qismida qayta o‘qish bo‘yicha umumiy moliyaviy ma’lumotlar aks ettiriladi. Ushbu bo‘lim talabaning qayta o‘qish bilan bog‘liq barcha to‘lov ma’lumotlarini jamlaydi. Unda quyidagi ko‘rsatkichlar mavjud:

-         Shartnoma summasi – qayta o‘qish uchun belgilangan umumiy shartnoma qiymatini ko‘rsatadi.

-         1 kredit narxi – bitta kredit uchun belgilangan to‘lov miqdorini bildiradi.

-         Jami to‘lov summasi – talaba tanlagan fanlarning kreditlari asosida avtomatik hisoblanadigan umumiy to‘lov miqdorini aks ettiradi.

Mazkur ma’lumotlar talabaning qayta o‘qish uchun qancha mablag‘ to‘lashi lozimligini oldindan bilish imkonini beradi. Fanlar qo‘shilishi yoki olib tashlanishi bilan jami summa avtomatik ravishda yangilanadi.

Yuqori qismning o‘ng tomonida to‘lov va shartnoma holati ko‘rsatiladi. Ushbu bo‘limda:

-         qayta o‘qish shartnomasi raqami;

-         to‘lov holati (masalan, to‘langan yoki to‘lanmagan);

-         bank yoki to‘lov tizimi orqali yuklangan to‘lov hujjatlari;

-         shartnomani yuklab olish imkoniyati

aks ettiriladi. Ushbu ma’lumotlar talabaning moliyaviy majburiyatlarini nazorat qilish va zarur hujjatlardan foydalanish imkonini beradi.

Modulning asosiy qismi ikkita bo‘limdan tashkil topgan.

1. O‘zlashtirilmagan fanlar

Mazkur bo‘limda talabaning akademik qarzdorligi mavjud bo‘lgan fanlar ro‘yxati ko‘rsatiladi. Har bir fan bo‘yicha quyidagi ma’lumotlar beriladi:

-         fan nomi;

-         fan krediti;

-         fan bo‘yicha qayta o‘qishga qo‘shilish tugmasi.

Talaba “Qo‘shish” tugmasi orqali qayta o‘qimoqchi bo‘lgan fanini tanlaydi. Tanlangan fan avtomatik ravishda qayta o‘qish ro‘yxatiga qo‘shiladi va uning krediti umumiy to‘lov hisobiga qo‘shiladi.

2. O‘zlashtirilgan fanlar

Ushbu bo‘limda qayta o‘qishga muvaffaqiyatli qo‘shilgan yoki akademik qarzdorligi bartaraf etilgan fanlar ro‘yxati aks ettiriladi. Jadvalda odatda quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:

-         fan nomi;

-         fan krediti;

-         fan holati.

Modulning ishlash tartibi

Qayta o‘qish jarayoni quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:

  1. Talaba o‘zlashtirilmagan fanlar ro‘yxatini ko‘rib chiqadi.
  2. Qayta o‘qimoqchi bo‘lgan fanlarni tanlaydi.
  3. Tizim tanlangan fanlarning umumiy kredit miqdorini hisoblaydi.
  4. Kreditlar asosida to‘lov summasi avtomatik shakllantiriladi.
  5. Talaba shartnoma bilan tanishadi va uni yuklab oladi.
  6. Belgilangan tartibda to‘lovni amalga oshiradi.
  7. To‘lov tasdiqlangandan so‘ng talaba qayta o‘qish guruhiga biriktiriladi.
  8. Fan muvaffaqiyatli o‘zlashtirilgach, u o‘zlashtirilgan fanlar ro‘yxatiga o‘tkaziladi.

 

Modulning asosiy vazifalari

  1. talabaning akademik qarzdor fanlarini aniqlash;
  2. qayta o‘qilishi kerak bo‘lgan fanlar ro‘yxatini shakllantirish;
  3. qayta o‘qish uchun fanlarni tanlash imkoniyatini yaratish;
  4. kreditlar asosida to‘lov summasini avtomatik hisoblash;
  5. qayta o‘qish shartnomasini shakllantirish;
  6. to‘lov holatini kuzatish;
  7. qayta o‘qish natijalarini nazorat qilish.

Mazkur modul LMS tizimining fanlar, o‘quv reja, kredit-modul tizimi, kontrakt to‘lovlari, akademik qarzdorlik, talabaning shaxsiy kabineti va baholash tizimi modullari bilan integratsiyalashgan holda ishlaydi. Shu sababli qayta o‘qish uchun tanlangan fanlar, ularning kreditlari va to‘lov summalari tizimning boshqa modullaridagi ma’lumotlar asosida avtomatik ravishda yangilanadi.

 

 

11. AUDITORIYA FONDI MODULI

LMS (Learning Management System) tizimining “Auditoriya fondi” moduli muassasasidagi mavjud auditoriyalar, ularning bandlik holati hamda dars mashg‘ulotlari jadvalini boshqarish uchun mo‘ljallangan muhim funksional bo‘lim hisoblanadi. Ushbu modul yordamida o‘quv bo‘limi, dekanat, kafedralar va professor-o‘qituvchilar ma’lum vaqt oralig‘ida qaysi auditoriya bo‘sh yoki band ekanligini tezkor aniqlashlari mumkin. Natijada dars jadvalini shakllantirish, auditoriyalarni oqilona taqsimlash va mavjud resurslardan samarali foydalanish imkoniyati yaratiladi.

1.   Modulning yuqori qismida auditoriya jadvalini izlash va saralash uchun mo‘ljallangan filtrlash paneli joylashgan. Ushbu panel foydalanuvchiga kerakli shartlarni tanlash orqali auditoriyalar holatini aniq ko‘rish imkonini beradi. Filtrlash mezonlari quyidagilardan iborat:

  1. Semestr – auditoriya bandligini ma’lum o‘quv semestri bo‘yicha ko‘rsatadi. Masalan, 2025–2026 o‘quv yilining birinchi yoki ikkinchi semestri tanlanadi.
  2. Kafedra – tanlangan kafedraga tegishli mashg‘ulotlarni saralash imkonini beradi.
  3. Fan – muayyan fan bo‘yicha o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarni ko‘rsatadi.
  4. O‘qituvchi – tanlangan professor-o‘qituvchining mashg‘ulotlari asosida auditoriya bandligini aks ettiradi.
  5. Kurs – talabaning kursi (1-, 2-, 3-, 4-kurs va boshqalar) bo‘yicha ma’lumotlarni filtrlash imkonini beradi.
  6. Yo‘nalish – ta’lim yo‘nalishi yoki mutaxassislik bo‘yicha mashg‘ulotlarni ajratib ko‘rsatadi.
  7. Guruh – akademik guruh kesimida auditoriya bandligini ko‘rsatadi.
  8. Bino – tanlangan o‘quv binosidagi auditoriyalarni saralaydi.
  9. Xona turi – auditoriyaning turi (ma’ruza zali, amaliy mashg‘ulot xonasi, laboratoriya, seminar xonasi va boshqalar) bo‘yicha tanlash imkonini beradi.
  10. Hafta – o‘quv haftasi bo‘yicha jadvalni ko‘rsatadi.
  11. Kun – haftaning muayyan kuni (Dushanba, Seshanba va hokazo) bo‘yicha ma’lumotlarni chiqaradi.
  12. Para – dars juftligi (1-, 2-, 3-para va boshqalar) bo‘yicha auditoriya holatini aniqlaydi.

 

Filtrlash parametrlari o‘zgartirilishi bilan tizim tanlangan mezonlarga mos auditoriyalar jadvalini avtomatik ravishda yangilaydi. Bu foydalanuvchiga kerakli ma’lumotni qisqa vaqt ichida topish imkonini beradi.

Modulning yuqori qismida rangli belgilash tizimi (legend) ham mavjud bo‘lib, auditoriyada o‘tkazilayotgan mashg‘ulot turini vizual ravishda ajratib ko‘rsatadi. Jumladan, ma’ruza, amaliy mashg‘ulot, laboratoriya, guruh mashg‘uloti va seminar mashg‘ulotlari turli ranglarda ifodalanadi. Bu foydalanuvchiga jadvalni tez va qulay tahlil qilish imkonini beradi.

2.   Filtrlash panelidan pastda auditoriyalar jadvali joylashgan. Jadvalning chap ustunida auditoriyalar yoki xonalar ro‘yxati keltiriladi. Yuqori qismida esa haftaning tanlangan kuni bo‘yicha dars juftliklari (1-, 2-, 3-, 4-, 5-, 6-, 7-, 8-, 9-para) aks ettiriladi. Jadvalning har bir katagi ma’lum auditoriyaning tanlangan vaqt oralig‘idagi holatini bildiradi. Agar katak bo‘sh bo‘lsa, ushbu auditoriya mazkur vaqtda bo‘sh ekanligini anglatadi. Agar katak rang bilan to‘ldirilgan bo‘lsa, auditoriya band bo‘lib, unda tegishli mashg‘ulot o‘tkazilayotganini bildiradi.

Agar tanlangan filtrlarga mos band auditoriyalar mavjud bo‘lmasa, tizim foydalanuvchiga “Tanlangan filtrlar bo‘yicha band auditoriyalar yo‘q — jadval bo‘sh ko‘rsatilmoqda” degan axborot xabarini chiqaradi. Bu tanlangan shartlar bo‘yicha hech qanday mashg‘ulot rejalashtirilmaganini yoki barcha auditoriyalar bo‘sh ekanligini bildiradi.