Yo'riqnoma
Ilmiy-uslubiy ishlar, Ilmiy Faoliyat, Mening oraliqlarim, Yakuniy va Ma'lumot
Ilmiy-uslubiy ishlar, Ilmiy Faoliyat, Mening oraliqlarim, Yakuniy va Ma'lumot bo'yicha qisqa yo'riqnoma.
Video qo'llanma
8. ILMIY-USLUBIY ISHLAR MODULI
Bu sahifa o‘qituvchilarning ilmiy va uslubiy faoliyatiga oid maqolalar, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar va uslubiy tavsiyalarni tizimga kiritish, saralash hamda hisobotlarni yuritish uchun xizmat qiladi.
1. Maqola nomini kiritish maydoni;
2. Maqola turi ro‘yxatdan tanlanadi;
3. Maqola mavzusi ro‘yxatdan tanlanadi;
4. Jurnal nomini kiritish maydoni;
5. Nashr sanasini kiritish maydoni;
6. Maqola hajmini kiritish maydoni;
7. Sahifalar sonini kiritish maydoni;
8. Hammualliflarni belgilash maydoni. Tizimda barcha professor o‘qituvchilar ro‘yxati ochiladi va tanlash qulayligi mavjud.
9. Tashqi mualliflarni kiritish maydoni. Boshqa tashkilot yoki chet davlat vakillari bilan hamkorlik asosida ilmiy ish qilingan bo‘lsa kiritish imkoni mavjud.
10. Maqola faylini biriktirish maydoni;
11. Maqolani joylashda yoki boshqa biror xaolik yuz berganda bekor qilish;
12. Maqola ma’lumotlarini “Saqlash” tugmasi;
9. MENING ORALIQLARIM MODULI
“Mening oraliqlarim” moduli o‘qituvchiga joriy o‘quv yilida belgilangan oraliq nazoratlar bo‘yicha barcha ma’lumotlarni ko‘rish imkonini beradi.
Ushbu oyna o‘quv yilida oraliq nazoratlar davri faollashtirilganda ishga tushadi va quyidagi ma’lumotlarni aks ettiradi:
§ o‘qituvchiga biriktirilgan barcha fanlar bo‘yicha oraliq nazoratlar;
§ har bir fan bo‘yicha guruhlar kesimidagi oraliq nazoratlar;
§ oraliq nazoratning sanasi, holati va boshqa tegishli ma'lumotlar (tizim sozlamalariga muvofiq).
Agar o‘quv yilida oraliq nazoratlar davri hali faollashtirilmagan yoki o‘qituvchiga oraliq nazorat biriktirilmagan bo‘lsa, ekranda “Sizga biriktirilgan oraliq imtihon oqimi yo‘q” degan xabar ko‘rsatiladi.
Bu modul orqali o‘qituvchi o‘ziga tegishli barcha oraliq nazoratlarni yagona oynada kuzatishi va ular bilan bog‘liq jarayonlarni boshqarishi mumkin.
10. ILMIY FAOLIYAT MODULI
“Ilmiy faoliyat” moduli professor-o‘qituvchilarning ilmiy rahbarlik faoliyatini elektron shaklda boshqarish va nazorat qilish uchun mo‘ljallangan. Mazkur modul orqali o‘qituvchi o‘z rahbarligidagi bitiruv malakaviy ishlari, magistrlik dissertatsiyalari yoki boshqa ilmiy ishlar bo‘yicha ma’lumotlarni bir joyda kuzatishi mumkin.
Modul ilmiy ishlar holatini monitoring qilish, talabalarni tezkor izlash hamda semestrlar bo‘yicha ma’lumotlarni saralash imkoniyatini yaratadi.
Modulning asosiy oynasi:
1. Sarlavha qismi
2. Semestr tanlash. Faqat tanlangan davrga tegishli bitiruv ishlarini ko‘rish mumkin.
3. Qidiruv oynasi. Bu maydondan qidiruv natijalari avtomatik ravishda filtrlab ko‘rsatiladi.
Bu ko‘plab bitiruv ishlari orasidan kerakli ma’lumotni tez topishga yordam beradi.
4. Bitiruv ishlari ro‘yxati. Sahifaning asosiy qismida rahbarlik qilinayotgan bitiruv ishlari ro‘yxati aks etadi. Agar tanlangan semestrda birorta bitiruv ishi mavjud bo‘lmasa, tizim “Bitiruv ishi topilmadi” xabarni chiqaradi:
Bu tanlangan davrda foydalanuvchiga biriktirilgan ilmiy ish mavjud emasligini bildiradi.
Modulning asosiy imkoniyatlari:
- ilmiy rahbarlik qilinayotgan bitiruv ishlarini ko‘rish;
- semestrlar bo‘yicha ma’lumotlarni filtrlash;
- talabalarni tezkor qidirish;
- mavzu bo‘yicha izlash;
- ilmiy ishlar holatini kuzatish;
- bitiruv ishlarini elektron nazorat qilish;
- rahbarlik yuklamasini monitoring qilish;
- ilmiy faoliyatni tizimli boshqarish.
11. YAKUNIY MODULI
Yakuniy moduli professor-o‘qituvchilarga fan bo‘yicha yakuniy nazorat jarayonlarini boshqarish, baholash va natijalarni rasmiylashtirish imkonini beruvchi modul hisoblanadi. Ushbu modul orqali yakuniy nazorat uchun ajratilgan guruhlar, talabalar ro‘yxati, baholash natijalari hamda yakuniy reytinglar elektron shaklda yuritiladi.
Modul baholash jarayonining shaffofligini ta’minlaydi, inson omili ta’sirini kamaytiradi hamda yakuniy natijalarni tezkor shakllantirish imkonini yaratadi.
Modulning asosiy oynasi
Yakuniy nazorat moduli nazorat kuni va vaqti belgilanganidan so‘ng faollashadi.
Yakuniy moduliga kirilganda foydalanuvchi quyidagi bo‘limlardan foydalanishi mumkin:
- o‘quv yili va semestrni tanlash;
- fanlar ro‘yxati;
- yakuniy nazoratga tegishli guruhlar;
- talabalar ro‘yxati;
- baholarni kiritish va tahrirlash;
- yakuniy natijalarni ko‘rish;
- qidiruv va filtrlash vositalari.
Modulning asosiy imkoniyatlari:
- yakuniy nazorat jarayonlarini boshqarish;
- fan va guruhlar bo‘yicha ma’lumotlarni ko‘rish;
- talabalar ro‘yxatini shakllantirish;
- yakuniy baholarni elektron tarzda kiritish;
- baholarni tahrirlash (ruxsat etilgan muddat ichida);
- yakuniy reytinglarni avtomatik hisoblash;
- baholash natijalarini monitoring qilish;
- hisobotlarni shakllantirish.
12. MA’LUMOT
Shaxsiy ma’lumotlar moduli professor-o‘qituvchining tizimdagi shaxsiy profilini boshqarish uchun mo‘ljallangan. Ushbu modul orqali foydalanuvchi o‘ziga tegishli shaxsiy, xizmat va aloqa ma’lumotlarini ko‘rishi, ayrim ma’lumotlarni yangilashi hamda tizimdagi profilini boshqarishi mumkin.
Mazkur modul foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini yagona elektron bazada saqlash, ularning dolzarbligini ta’minlash hamda universitetning boshqa modullari bilan integratsiyalashgan holda foydalanish imkonini beradi.
Modulning asosiy oynasi
1. Sarlavha qismi. Bu qismda professor o‘qituvchining F.I.Sh, lavozimi va kfedrasi, ma’lumotlarni .docx formatda yuklab olish tugmasi joylashgan.
2. Shaxsiy ma’lumotlar:
- tug’ilgan sana;
- jinsi;
- oilaviy holati;
-millati.
3. Aloqa ma’lumotlari:
- shaxsiy telefon raqami;
- uy raqami
- web sayti
4. Ish faoliyati:
- Boshqarma yoki fakuletga oidligi;
- Biriktirilgan kafedra nomi;
- Lavozimi;
- Ish faoliyat shtati;
5. Professor – o‘qituvchining diplom ma’lumotlari.
Izoh: Ma’lumot modulida biror xatolik yoki kamchilik mavjud bo‘lsa o‘qituvchi uni shaxsiy profil sozlamalaridan tahrirlash imkoniyatiga ega.
13. TALABA KO‘CHIRISH
Talaba ko‘chirish moduli professor - o‘qituvchilarga o‘zlariga biriktirilgan akademik guruhlar tarkibini boshqarish imkonini beruvchi modul hisoblanadi. Ushbu modul orqali o‘qituvchi guruh tarkibini ko‘rishi, talabalarni bir guruhdan boshqa guruhga ko‘chirish yoki guruh tarkibidan chiqarish jarayonlarini amalga oshirishi mumkin. Modul o‘quv jarayonida talabalar tarkibidagi o‘zgarishlarni tezkor va elektron tarzda boshqarish, guruhlarni tartibli yuritish hamda ma'lumotlarning doimiy yangilanib borishini ta’minlaydi.
Modulning asosiy oynasi
Talaba ko‘chirish moduliga kirilganda foydalanuvchi quyidagi elementlarni ko‘radi:
1. sarlavha;
2. semestr tanlash oynasi;
3. talabani qidiruv maydoni;
4. filtrlash (Filter) tugmasi;
5. talabalarni boshqarish oynasi.
Agar tanlangan semestrda foydalanuvchiga biriktirilgan guruh mavjud bo‘lmasa, tizim quyidagi xabarni chiqaradi: