O'qtuvchilar › Davomat, Sillabus generatsiyasi va Savollar to'plami
Yo'riqnomani yuklab olish
UZ RU EN
Rollar hali qo'shilmagan
Menyuni almashtirish

Yo'riqnoma

Davomat, Sillabus generatsiyasi va Savollar to'plami

Davomat, Sillabus generatsiyasi va Savollar to'plami bo'yicha qisqa yo'riqnoma.

Ochiq

Video qo'llanma

3.3. Davomat

“Mening fanlarim” modulidagi “davomat” tugmasi orqali o‘qituvchi guruhdagi talabalar davomatini nazorat qilishi davomat monitoringini olib borishi mumkin.

“Davomat” tugmasining ichki tuzilishi quyidagicha:

 

Faqat kelmagan talabalar belgilanadi. Tizimda barcha talabalar standart holatda darsda "Bor" (+) deb hisoblanadi. O‘qituvchi faqat darsga kelmagan talabalargagina “Yo‘1” (-) qo‘yishi mumkin. Jurnal sarlavhasida joriy yo‘qlama qilinayotgan guruh kodi va dars bo‘lib o‘tgan aniq sanalar ko‘rsatiladi.

Sahifadagi davomatni saqlash tugmasi bosilib talabalar davomati shakllantiriladi.

4.DAVOMAT MODULI

Davomat moduli orqali o‘qituvchi har bir dars uchun guruhlar davomatini qayd etish mumkin.

 

Ushbu bo‘limda guruhdagi talabalarning darsda qatnashganligi bo‘yicha umumiy ma’lumotlar kiritiladi va saqlanadi.

5. SILLABUS GENERATSIYASI MODULI

Sillabus generatsiyasi moduli o‘qituvchilarga semestr davomida o‘tiladigan fanlar bo‘yicha o‘quv-uslubiy hujjatlarni yaratish, tahrirlash, saqlash va talabalar uchun taqdim etish imkoniyatini beradi.

 


Jadvalda ko‘rsatilgan qo‘shish tugmasi orqali o‘qituvchi bu panelda o‘zi o‘tadigan barcha fan sillabusini yaratish imkonini beradi. Sillabus universitet rahbariyati va o‘quv bo‘limi tomonidan tasdiqlangan o‘quv qo‘llanma hisoblanadi.    

 

Yuqorida ochilgan oynadan davr, o‘qituvchining fanlaridan biri , ochiluvchi menyudan sillabus tili tanlanadi va bajarilgan amallarni bekor qilish uchun, yaratish uchun esa tugmasi bosiladi.

 

Oynaning o‘quv yili va semestr tanlash qismidan davr tanlash orqali aynan shu davrda muayyan fanlar uchun yaratilgan sillabuslar namoyon bo‘ladi.

Shuningdek, modul sillabuslarning yangilangan versiyalarini saqlash, ularni semestr davomida tahrirlash hamda talabalar tomonidan ko‘rib chiqilishi va yuklab olinishi uchun ochiq holatda joylashtirish imkoniyatini ta’minlaydi. Bu esa o‘quv jarayonining shaffofligini oshirish, o‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi axborot almashinuvini samarali tashkil etishga xizmat qiladi.

 

 

1. SAVOLLAR TO‘PLAMI MODULI

Savollar banki – o‘qituvchi tomonidan fanlar kesimida tizimga kiritilgan test savollari bazasi bo‘lib, unda turli mavzu va bo‘limlarga oid savollar saqlanadi. Mazkur modul test topshiriqlarini yaratish, saqlash va boshqarish jarayonlarini avtomatlashtirishga xizmat qiladi. Savollar banki o‘qituvchiga savollarni fan, mavzu, murakkablik darajasi va ta’lim tili bo‘yicha guruhlash, tahrirlash va yangilab borish imkoniyatini yaratadi. Natijada testlarni tuzish jarayoni tezlashadi, baholashning xolisligi va shaffofligi ta’minlanadi.



“Savollar banki” sahifasiga o‘tilganda, joriy semestrda o‘qituvchi tomonidan olib borilayotgan barcha fanlar ro‘yxati (1), fan kodi aks (2), fan kredit (3),  savollar (4) aks etadi. Har bir fan bo‘yicha kiritilgan savol soni va til kesimida guruhlangan holda ko‘rsatiladi.

Savollar quyidagi ta’lim tillari UZ/RU bo‘yicha alohida tasniflanadi. Biror fandan tets yaratish uchun kerakli til belgisi ustiga bosiladi. Navbatda quyidagi oyna ochiladi:

 

1. Savol qo‘shish;

2. Shablon- import qilish mumkin bo‘lgan fayl namunasi :

 

3. Import- tayyordan test faylini tizimga yuklash;

4. Export- tuzilgan testni yuklab olish.

5.  Tizimida mavjud bo‘lgan savol turlari:

- Barchasi;

- Variantli test;

- To‘g‘ri/Noto‘g‘ri;

- Moslashtirish;

- Bo‘sh joy;

- Esse;