Yo'riqnoma
Universitetlar
Universitetlar bo'yicha qisqa yo'riqnoma.
Universitetlar
LMS tizimining "Lug'atlar" bo'limidagi "Universitetlar" (lms.npuu.uz/dictionary/universities) sahifasini aks ettiradi.
Quyida ushbu sahifadagi barcha elementlar va ularning vazifalari keltirilgan:
1. Boshqaruv paneli (Yuqori ko'k blok)
· Sarlavha va izoh: Universitet ma'lumotlari (Login branding — nom, logotip, shior va ko'rsatkichlar).
2. Qidiruv paneli (O'rta qism)
· Qidirish...: Universitet ma'lumotlarini qidirish va saralash uchun mo'ljallangan matn maydoni.
3. Universitet ma'lumotlari jadvali (Pastki qism)
Jadvalda oliy ta'lim muassasasining brending va tizimdagi umumiy rekvisit ma'lumotlari keltirilgan:
· LOGOTIP: Universitetning asosiy logotipi tasviri.
· KICHIK LOGOTIP: Tizim panellarida va ixcham ko'rinishlarda ishlatiladigan mini-logotip.
· QISQA NOMI: Muassasaning qisqartirilgan nomi (masalan, NPUU).
· NOMI: Universitetning to'liq rasmiy nomi (masalan, O'zbekiston Milliy Pedagogika Universiteti).
· LOGIN SHIORI: Tizimga kirish (login) sahifasida aks etuvchi shior (masalan, Universitet axborot tizimi).
· LOGIN TAVSIFI: Tizimga kirish sahifasidagi qisqacha tavsif matni (masalan, Ta'lim jarayonini boshqarish uchun yagona raqamli platforma).
· TALABALAR / XODIMLAR / KAFEDRALAR: Tizimga biriktirilgan talabalar, xodimlar va kafedralarning statistik soni.
· MANZIL: Universitetning joylashgan manzili.
· TASHKIL YILI: Muassasaga asos solingan yil (masalan, 1947).
· AMAL (Boshqaruv tugmalari):
o Tahrirlash (Ko'k ruchka): Universitetning rekvisitlari, brending elementlari hamda rekvizit ma'lumotlarini o'zgartirish oynasini ochadi.
· Jami: Ro'yxatdagi umumiy yozuvlar soni (Jami: 1).